Iqtisodiyot | 11:55 / 27.01.2023
21939
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston mahsulotlari ko‘proq Rossiyaga sotilayotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston eksportidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi. Prezident huzuridagi Statistika agentligi tegishli xabar bilan chiqdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Rossiya yetakchiga aylandi – 3,1 mlrd dollar.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 2,5 mlrd dollar hamda 1,5 mlrd dollarlik savdo aylanmasi bilan Xitoy va Turkiya joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
— Qozog‘iston – 1,4 mlrd;
— Qirg‘iziston – 979 mln;
— Afg‘oniston – 751 mln;
— Tojikiston – 520 mln;
— Kanada – 226 mln;
— Turkmaniston – 195 mln;
— Eron – 140 mln AQSh dollari.
Mavzuga oid
22:10
Abxaziyada to‘polon: mahalliy aholi Rossiya bilan kelishuvdan norozi
20:17
Sanksiyalar Rossiyaning yirik gaz loyihasini cho‘ktirib yubormoqda - OAV
18:18
Rossiyada migrantlarni nazorat etadigan «Migrant ID» joriy qilinishi mumkin
13:46