O‘zbekiston | 12:24 / 28.01.2023
2761
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston diplomatik kadrlar tayyorlash sohasida Misr bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston elchisi Mansur Qilichev Misr Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik tadqiqotlar instituti direktori, elchi Valid Haggog bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo AA

Misr Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik tadqiqotlar instituti direktori o‘zi rahbarlik qilayotgan institut faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berdi.

«O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Diplomatik akademiya rahbariyati hamda JIDU tarkibidagi Xorijiy tillarni o‘qitish til markazi bilan o‘zaro munosabatlarni muhokama qilishga tayyormiz», dedi Valid Haggog.

Misr Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik tadqiqotlar instituti 1966 yili tashkil etilgan. Institut mamlakat tashqi siyosatida xizmat qiluvchi yetuk kadrlar yetishtirish, hukumat idoralari xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etishda katta tajribaga ega nufuzli ta’lim maskani hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid