Ötgan hafta Toşkentda Niderlandiya milliy bayrami ötkazildi. Kun.uz diplomatik tadbir oldidan bu davlatning Qozoğistondan turib Markaziy Osiyo bilan aloqalarga javobgar elçisi bilan suhbatlaşdi. Özbek paxtasi gollandlarning sevimli mahsuloti, dasturlarimiz ham köproq qişloq xöjaligi va suv böyiça, deydi Niko Şermers.

Demokratiya, inson huquqlari, erkin matbuot va xalqaro huquq masalalariga alohida hurmat bilan qaraydigan davlat – Niderlandiya Özbekiston bilan 1992 yilda diplomatik aloqalar örnatgan. Biroq ikki mamlakat örtasidagi siyosiy muloqot öta faol emas. Bunga sabab davlatlarimizning geografik jihatdan uzoqda joylaşgani hamda tarixan bir-birimizga u qadar jiddiy boğliq bölmaganimiz, deydi Kun.uz bilan suhbatlaşgan elçi Niko Şermers.

15 may kuni Toşkentda Niderlandiya milliy bayramlaridan biri – Qirol kuni keng nişonlandi. Diplomatik tadbir iştirokçilari orasida hukumat va harbiy taşkilotlar a’zolari, diplomat va davlat xizmatçilari, huquqşunos, siyosatşunos va faollar bor edi. Elçi Niko Şermers öz tabrik nutqida Niderlandiya Özbekistonga tobora qiziqayotganini aytib ötdi.

Kun.uz bilan suhbatda esa u mintaqadagi maqsadlar, rejalar xususida sözladi, kutilayotgan safarlar yuzasidan fikrlarini bayon qildi.

-Mamlakatingiz – Niderlandiyaning mintaqadagi, xususan, Özbekistondagi asosiy maqsadlari, aniqroği kun tartibi nimalardan iborat? Toşkent Niderlandiya taşqi siyosatida qandaydir örin egallaydimi özi?

-Xöş, öz yurtingizdan juda uzoqda joylaşgan mamlakatda faoliyatni yölga qöyiş har doim qiyin vazifa. Öylaymanki, bu bizning bu yerdagi faoliyatimizni biroz qiyinlaştiradi. Sizning hududingiz juda katta va men aslida beşta mamlakatni qamrab olişim kerak.

-Ha, u katta.

- Ha, Ostonadan turib biz Özbekistonni ham qamrab olişimiz kerak. Biroq  bu yerda imkon qadar tez-tez bölişga harakat qilamiz. Xususan, Özbekiston bugungi kunda e’tiborimizni tortmoqda, şuning uçun bu yerga muntazam kelişga harakat qilyapmiz. Keça va undan oldingi kun men mamlakatingiz böylab sayohat qildim. Termiz va Nukusga borib, mamlakatingizning ayrim çekka hududlarini örgandim, Niderlandiya uçun qiziq bölişi mumkin bölgan qanday imkoniyatlar taklif etişingizni bilişga harakat qildim.

- Sizning fikringizça, nega mamlakatlarimiz siyosiy institutlari örtasida muloqot yetarliça faol emas?