O‘zbekiston | 08:25 / 28.01.2023
10621
5 daqiqa o‘qiladi

Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha milliy qo‘mita tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasining Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining O‘zbekiston Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha milliy qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha milliy qo‘mitasining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha milliy qo‘mitasi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ etib belgilanadi.

Milliy qo‘mita mamlakatda tashqi savdo faoliyati uchun shaffof, bashorat qilinadigan va raqobatbardosh muhitni rivojlantirish maqsadida tashqi savdo faoliyatining tartibotlari va rasmiylashtiruvini soddalashtirish, modernizatsiya qilish va standartlashtirish bilan shug‘ullanuvchi kollegial organ hisoblanadi.

Milliy qo‘mitaning asosiy vazifalari:

  • vakolatli davlat organlarining tashqi savdo va logistika sohasidagi tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan JST bitimi qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruv va o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
  • bojxona tartib-taomillari, transport, logistika, moliyaviy va sug‘urta masalalari, texnik jihatdan tartibga solish, veterinariya, sanitariya va fitosanitariya masalalari, elektron hujjat aylanishi va boshqa tegishli masalalarni o‘z ichiga olgan tashqi savdo sohasidagi qonunchilik, ma’muriy tartib-qoidalar va amaliyotlarni o‘rganish va tahlil qilish, xalqaro savdoda O‘zbekiston xarajatlari va raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi muammolarni aniqlash;
  • tovarlarni import, eksport qilish va tranziti tartiblari va rasmiylashtiruvini, tashqi savdo faoliyatida tovarlarni olib o‘tish, chiqarish, bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog‘liq tartiblarni soddalashtirish, modernizatsiya qilish, standartlashtirish, bojxona rasmiylashtiruvi va hisob-kitoblarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni to‘plash va taqdim etish;
  • tashqi savdo, transport va logistika sohasidagi tartibotlarni soddalashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
  • O‘zbekistonda tashqi savdo sohasidagi tartiblarni xalqaro standartlar asosida soddalashtirish bo‘yicha strategiyalar, rejalar va amaliy chora-tadbirlar loyihalarini ishlab chiqib, hukumatga kiritish;
  • tashqi savdo, transport va logistika tartibotlarni soddalashtirish sohasidagi xalqaro bitimlarni amalga oshirilishini nazorat qilish va muzokaralarda amaliy yordam berish;
  • shaffof va istiqbolli tashqi savdo faoliyatini yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • tashqi savdo sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar, shu jumladan JST bitimi qoidalari bajarilishini nazorat qilish;
  • Jahon savdo tashkilotining savdoni soddalashtirish bo‘yicha qo‘mitasi bilan JST bitimini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
  • vakolatli davlat organlari va xususiy sektor uchun tashqi savdo sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirish usullari va afzalliklarini, ushbu sohadagi ilg‘or axborot kompaniyalarining xalqaro tajribasini o‘rganish;
  • tashqi savdoni amalga oshirish tartib-taomillarini soddalashtirish, uyg‘unlashtirish va standartlashtirish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borish, O‘zbekiston pozitsiyasini ishlab chiqish;
  • tashqi savdo sohasidagi vakolatli davlat organlari mutaxassislari va xususiy sektor vakillarining xalqaro savdo tamoyillari, ilg‘or tajriba va tashqi savdo sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirish choralari to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish bo‘yicha seminarlar tashkil etish va o‘tkazish;
  • resurslarni ustuvor vazifalarga yo‘naltirish maqsadida tashqi savdo sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirish va boshqa qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro donor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish;
  • mamlakatlarning Savdoni soddalashtirish masalalari bo‘yicha milliy qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
  • tashqi savdo sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirish bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan axborot va tajriba almashishni ta’minlash;
  • davlat organlari va xususiy sektor bilan muntazam muloqotni tashkil etish;
  • tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarining savdoni soddalashtirish choralari, amaliyotlari va standartlari bo‘yicha xabardorligi va ko‘nikmalarini oshirish.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid