O‘zbekiston | 10:22 / 01.02.2023
4747
1 daqiqa o‘qiladi
Konsert-tomosha faoliyati uchun davlat boji kamaytirildi
Vazirlar Mahkamasining “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan davlat bojini undirish hamda ularni soliqqa tortish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarga litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori kamaytirildi.
Konsert, ommaviy axborot vositalarida qo‘shiqlar va videokliplarni taqdim etuvchi yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalarga:
- I reyting guruhi ijrochilari uchun — BHMning 20 baravari (ilgari 50 baravari bo‘lgan);
- II reyting guruhi ijrochilari uchun — BHMning 10 baravari (ilgari 25 baravari bo‘lgan);
- restoranlar, barlar, qahvaxonalar, xususiy uylarda yubiley tantanalarida xizmat ko‘rsatadigan yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, dijyey-ovoz operatori, ma’mur va boshqalarga – BHMning 3 baravari (ilgari BHMning 4 baravaridan 7 baravarigacha).
Mavzuga oid
22:17 / 04.10.2024
Konsertlarning ssenariylarini oldindan tekshirish tartibi joriy etilishi mumkin
09:40 / 17.08.2024
Sud hukmlarining dublikati va ko‘chirma nusxalari uchun boj to‘lanadi
07:30 / 26.07.2024
Tayyor zargarlik buyumlariga import bojxona boji kamaytiriladi
13:37 / 20.06.2024