Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan Xitoyga qizil loviya eksporti boshlandi
2022 yil sentabr-dekabr oylari mobaynida O‘zbekistonda yetishtirilgan qariyb 2 ming tonna qizil loviya Xitoyga eksport qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Xitoy bozoriga eksporti yo‘lga qo‘yilgan qizil loviya bo‘yicha 80 dan ortiq o‘zbek eksportchilari tegishli ruxsatnomalar olishgan.
Xitoy rahbari Si Jinpingning 2022 yil sentabr oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida “O‘zbekistondan Xitoyga o‘zbek loviyasini eksport qilish bo‘yicha nazorat, karantin va fitosanitariya talablari to‘g‘risidagi” idoralararo bayonnoma imzolangan.
O‘zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan savdo-iqtisodiy islohotlar, mahalliy eksportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosat O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini dunyoning istalgan nuqtasida topishga imkoniyat yaratmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026