Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkent – Novosibirsk – Toshkent» xalqaro yo‘nalishida poyezd qatnovlari qayta tiklandi
2023 yil 2 fevral kunidan «Toshkent – Novosibirsk – Toshkent» xalqaro yo‘nalishida poyezdlar harakati qayta tiklandi. Ushbu yo‘nalish qatnovi 2020 yilda pandemiya sababli to‘xtatilgan edi.
Qayd etilishicha, poyezd tarkibi 11 ta, jumladan, 3 ta kupe, 7 ta platskart va 1 ta restoran vagondan iborat.
«Toshkent-Novosibirsk» yo‘nalishida harakatlanadigan 369-sonli yo‘lovchi poyezdi 2023 yil 2, 10, 18, 26 fevral kunlari, 2, 6, 10, 14, 18, 22, 26, 31 mart kunlari, 4, 8, 12 aprel kunlari, 6, 14, 31 may kunlari, 4, 12, 20, 28 iyun kunlari, 6, 14, 22, 31 iyul kunlari, 8, 16, 24 avgust kunlari, 2, 6, 26 sentabr kunlari, 12, 24, 28 oktyabr kunlari, 2, 6, 10, 14, 18, 22, 26, 30 noyabr kunlari va 4 dekabr kuni yo‘lga chiqadi.
«Novosibirsk-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanadigan 370-sonli yo‘lovchi poyezdi 2023 yil 5, 13, 21 fevral kunlari, 1, 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29 mart kunlari, 3, 7, 11, 15 aprel kunlari, 9, 17 may kunlari, 3, 7, 15, 23 iyun kunlari, 1, 9, 17, 25 iyul kunlari, 3, 11, 19, 27 avgust kunlari, 5, 9, 29 sentabr kunlari, 15, 27, 31 oktyabr kunlari, 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29 noyabr kunlari, 3, 7 dekabr kunlari qatnovini amalga oshiradi.
Mavzuga oid
19:48 / 03.07.2026
«Uyim renovatsiyaga tushsa nima bo‘ladi?» – Eng dolzarb savollarga javoblar
19:25 / 03.07.2026
“Zarafshon daryosida suv sarfi keskin oshgani sabab bo‘ldi” – Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirilganiga izoh berildi
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
10:20 / 03.07.2026