O‘zbekiston | 16:17 / 04.02.2023
46637
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi hafta boshida havo harorati 17 darajagacha ko‘tariladi

Foto: KUN.UZ

Sinoptiklar hafta boshiga - 6-8 fevral kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 6-7 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6 fevralda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq; 7-8 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 6-7 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq; 7-8 fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 6-7 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 7-8 fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 6-7 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 7-8 fevralda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 7-8 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublika tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 6 fevralda va 8 fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 7 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid