O‘zbekiston | 16:30 / 06.02.2023
8734
2 daqiqa o‘qiladi

2022 yilda O‘zbekistonda 80 trln so‘mdan ortiq transport xizmatlari ko‘rsatildi

Ko‘rsatilgan transport xizmatlari orasida avtomobil transporti 51 foiz ulushga ega bo‘lgan. 

Foto: KUN.UZ

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2022 yilda O‘zbekistonda ko‘rsatilgan transport xizmatlari tahlilini e’lon qildi. 

Yil yakunlariga ko‘ra, respublikada ko‘rsatilgan jami bozor xizmatlari hajmi 357,6 trln so‘mni tashkil etgan. Transport xizmatlari iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bozor xizmatlari tarkibida 22,7 foiz ulush bilan savdo xizmatlaridan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan. 

Transport xizmatlari orasida avtomobil transporti eng katta ulushga ega – 51 foiz. Undan keyingi o‘rinlarni 14,2 foiz bilan havo transporti, 13,1 foiz bilan quvurlar orqali yetkazish hamda 11,4 foiz bilan temiryo‘l transporti egallagan.

Ko‘rsatilgan transport xizmatlarining umumiy hajmida eng katta ulushga ega hududlar:

  • Toshkent shahri – 13,1 trln so‘m; 
  • Toshkent viloyati – 5,94 trln so‘m; 
  • Samarqand viloyati – 5,33 trln so‘m;  

Eng past ko‘rsatkichli hududlar:

  • Navoiy viloyati – 1,49 trln so‘m; 
  • Jizzax viloyati – 1,16 trln so‘m;
  • Sirdaryo viloyati – 666,2 mlrd so‘m. 

2022 yilda transport xizmatlari eksportida eng katta ulush quvur orqali tashish xizmatining hissasiga to‘g‘ri kelgan – 682,65 mln AQSh dollari. Undan keyingi o‘rinlarni temiryo‘l transporti (508,9 mln AQSh dollari, havo transporti (466,1 mln AQSh dollari) va avtomobil transporti (45,2 mln AQSh dollari) egallagan.

Mavzuga oid