Jamiyat | 15:47 / 06.02.2023
45046
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlarning ikki nafari erkak, uch nafari ayol bo‘lgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida"Nexia-3" yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida besh kishi halok bo‘lgan.

Qoraqalpog‘iston IIV axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2023 yil 4 fevral kuni A-380 G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu avtomobil yo‘lining “Jasliq” aholi punktidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, "Nexia-3" haydovchisi Qo‘ng‘irot tumani yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotganida boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan "Mercedes-Benz" yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Oqibatda “Jasliq” posyolkasida yashovchi 5 kishi – ikki erkak va uch nafar ayol og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid