Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda yonib ketgan kompressor stansiyasi qayta ta’mirlanmoqda
Stansiya ishga tushgach Buxoro, Navoiy hamda Samarqandda gaz yetkazib berish yaxshilanadi.
Foto: KUN.UZ
Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasining “KS-1” kompressor stansiyasida 2022 yilning 11 iyun kuni katta yong‘in kelib chiqqan hamda buning oqibatida bino va muhandislik inshootlariga zarar yetgandi. “O‘ztransgaz” AJning xabar berishicha, hozirda mazkur kompressor stansiyasida qurilish va ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Ma’lum qilinishicha, shu paytgacha stansiyaning poydevor qismi qurib bitkazilgan. Metall konstruksiyalarini montaj qilish ishlarida 60 nafarga yaqin mutaxassis mehnat qilmoqda. Quvurlarni ta’mirlash ishlari ham yakuniga yetmoqda va barcha gaz haydash agregatlari o‘rnatilgan.
Stansiya ishga tushgach Buxoro, Navoiy hamda Samarqand viloyatlarida tabiiy gaz iste’molchilariga gaz yetkazib berish yaxshilanadi.
Mavzuga oid
21:37 / 04.02.2026
Ikkinchi sinf o‘quvchisi mashina boshqarib, sinfdoshlarini sayr qildirdi
09:43 / 27.01.2026
Tuman sabab Moskva-Buxoro reyslari Samarqand va Navoiyga qo‘ndirildi
12:26 / 26.01.2026
Buxoro shahrida ham avtobuslarda naqd pul qabul qilish to‘xtatiladi
11:51 / 16.01.2026