Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyadagi firmalarda sanksiyalarni chetlab o‘tish bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi
Ommaviy axborot vositalari Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tib, Turkiya orqali elektronika yetkazib berayotganini ma’lum qilgan uch nemis firmasi tintuv qilindi.
Germaniya prokuraturasi va bojxona boshqarmasi Shimoliy Reyn - Vestfaliya federal yeridagi uchta firmada tintuv o‘tkazdi. Ular Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini buzganlikda gumon qilinmoqda, deb xabar berdi Reuters 9 fevral, payshanba kuni. Firma egalariga tegishli uylarda ham tintuvlar o‘tkazilib, hujjatlar va elektron tashuvchilar musodara qilingan.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, gap 15,5 million dollarlik bitimlar haqida ketmoqda. Departament tintuvlarni asoslash tafsilotlarini keltirmadi, ammo OAV huquq-tartibot idoralari xodimlarining e’tiborini tortgan kompaniyalar Kremlga kiritilgan sanksiyalarni chetlab o‘tib, Turkiya orqali Rossiyaga elektron komponentlarni yetkazib berishda gumon qilinayotganini ta’kidlamoqda.
ARD telekanalidagi syujyetda tintuv olib borilgan kompaniyalardan birining nomi keltiriladi - bu Kyoln yaqinidagi Kerpen shahrida joylashgan Smart Impex GmbH. Bu kompaniya dekabr oyida Reuters va Britaniya RUSI instituti tomonidan olib borilgan surishtiruvda tilga olingan - surishtiruvchilar Rossiya Turkiya, shuningdek, Hongkong va Estoniya orqali sanksiyalarni chetlab o‘tib, qurol uchun zarur bo‘lgan G‘arb chiplarini import qilishda davom etayotganini bildirdi.
Ommaviy axborot vositalarida tasvirlangan sxemaga ko‘ra, ushbu mamlakatlarda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan so‘ng, ilgari Rossiya tashkilotlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik qilgan G‘arb yetkazib beruvchilari uchun kontragentlar bo‘lgan firmalar yaratilgan. Bunga misol qilib, biznesmen Go‘kturk Agvaz tomonidan asos solingan Turkiya nazoratidagi Azu International kompaniyasini keltirish mumkin, u Kerpendagi Smart Impex kompaniyasini ham boshqaradi. Ilgari, ikkinchi shirkat Rossiyaning "Fast Impeks" MChJga elektron komponentlar yetkazib bergan.
Agvazning o‘zi agentlikka bergan izohida uning kompaniyalari G‘arb davlatlarining sanksiyalarini buzmaganini, biroq «tijorat sirlari»ni hisobga olib, turk kompaniyasiga yetkazib berilgan mahsulotlar qayerga yuborilganini ko‘rsatishdan bosh tortganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Reuters keltirgan Rossiya bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, Azu International kompaniyasi "Fast Impeks" MChJga elektronika yetkazib bergan.
Dekabr oyida Nyu-Yorkning Sharqiy okrugi federal okrug sudi besh nafar Rossiya fuqarosi va ikki AQSh fuqarosini Rossiya mudofaa sanoati uchun elektron komponentlar va o‘q-dorilar kontrabandasini tashkil qilishda ayblagan edi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika tomoni "FSB" zobiti deb hisoblagan rossiyalik Vadim Konoshchenko ikki marta Estoniya-Rossiya chegarasida Amerikada ishlab chiqarilgan elektron butlovchi qismlar va patronlar bilan to‘xtatilgan. Erkak hibsga olinganidan keyin Estoniya rasmiylari uning o‘g‘liga tegishli omborni tintuv qilib, 170 kg o‘q-dorilarni musodara qilgan.
AQSh Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchilar Moskvaning "Serniya Injiniring" va "Sertal" kompaniyalari manfaatlarini ko‘zlab faoliyat yuritgan. Bu firmalar, Vashingtonga ko‘ra, "Rossiya razvedka idoralari rahbarligida Rossiya harbiy-sanoat kompleksi va ilmiy tadqiqot sektori uchun ilg‘or elektronika va murakkab sinov uskunalarini sotib oladi". Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanishidan oldin ham RFning shunga o‘xshash urinishlarini to‘xtatgan.
Mavzuga oid
12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
10:01 / 24.02.2025
Mers Germaniyada hukumatni tezroq shakllantirishga chaqirdi
09:10 / 24.02.2025