O‘zbekiston | 08:53 / 14.02.2023
12947
10 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«First Development Group» kompaniyasi mutaxassislari, kompaniya tomonidan qurilayotgan turarjoy majmualarining qurilishi jarayonida antiseysmik me’yorlariga qanday rioya etilayotgani borasida tushuntirish berishdi

Foto: Manhattan

Turkiyaning janubi-sharqida hamda Suriyaning shimolida sodir bo‘lgan ketma-ket zilzilalar munosabati bilan ko‘pchilik: “Mening uyim xavfsizmi? Agar to‘satdan bu kabi hodisa yuz bersa, oilamni, o‘zimni qanday himoya qila olaman? – degan xavotirli o‘ylay boshladi.

“First Development Group” jamoasi jabrlanganlarning barchasiga chuqur hamdardlik bildiradi. Kompaniya mutaxassislari O‘zbekistonning ko‘plab aholisini tashvishga solayotgan birinchi savolga batafsil to‘xtalib o‘tishga qaror qildi. Shu o‘rinda, yangi qurilayotgan binolarda, xususan, “First Development Group” tomonidan qurilgan binolarda yashash xavfsizmi yoki yo‘qmi degan savolga javob berib, buni “Manhatten” turarjoy majmuasi misolida, nima uchun kompaniya o‘z obektlarining sifati va xavfsizligini ishonch bilan kafolatlay olishini ko‘rsatib o‘tishni afzal bildilar.

Konstruktiv qismining loyihasi me’yoriy hujjatlar asosida, shu jumladan ayniksa seysmik normalar hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Masalan, “Manhattan” turarjoy majmuasining ishchi hujjatlari bino konstruksiyalariga seysmik ta’sirning paydo bo‘lishi va sezilishini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan KMK 2.01.03-19 "Seysmik hududlarda qurilish" amaldagi me’yorlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

“Manhattan” turarjoy majmuasi.

Binolarning cho‘kishiga yo‘l qo‘ymaslik va seysmik to‘lqinlarni maksimal darajada so‘ndirish uchun qum-shag‘al aralashmasidan qalinligi 5,0 metrgacha bo‘lgan sun’iy asos, poydevor yotqizish choralari ko‘rildi. Konstruksiyalar qulashining oldini olish hamda bosimning gruntga bir xil taqsimlanishi uchun plita tipidagi poydevor ishlab chiqildi (KMK 2.01.03-19 "Seysmik hududlarda qurilish", KMK 2.02.01-98 “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bino va inshootlarning poydevorlari to‘g‘risida”gi me’yorlariga muvofiq).

Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar sifatida bikirlik yadrosiga ega (diafragma) fazoviy monolitli temirbeton karkas ishlatildi. Bikirlik yadrosiga ega karkaslar binoning butun balandligi bo‘ylab uzluksiz qo‘llanilgan bo‘lib, gorizontal seysmik kuchni o‘ziga qabul qiladi. Bikirlik yadrolari bilan mustahkam bog‘langan qavatlararo monolitli temirbeton plitalar butun tizimning birgalikda ishlashini ta’minlaydi.

Loyihaga muvofiq yuqori sifatli va bardoshli konstruksiyani yaratishda bajarilgan ishlarning sifati va foydalanilgan qurilish materiallarining roli muhimdir. Temirbeton ishlarini bajarishda betonning har bir partiyasini quyishdan oldin uch bosqichda sinchkovlik bilan tekshiriladi:

  • tijorat betoni yetkazib beruvchilari yuklash paytida mustahkamlikni tekshirish uchun betondan namunalar va beton sifatli birikishini aniqlash uchun konus shaklida namuna oladi;
  • yuklab jo‘natilgandan so‘ng, olingan beton namunasi akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriya tomonidan tekshiriladi;
  • beton quyish paytida mas’ul usta tomonidan tekshiriladi va tekshiruvdan so‘ng barcha ma’lumotlar jurnallarda qayd etiladi.

7 va 28 kundan keyin namunalar laboratoriya sharoitida mexanik usulda qayta tekshiriladi.

“Manhattan” turarjoy majmuasi.

Tijorat betondan tashqari, temirbeton konstruksiyalarda foydalanish uchun metall buyumlarning har bir partiyasi akkreditatsiyalangan laboratoriya tomonidan yorilishga sinovdan o‘tkaziladi. Ijobiy natija olingandan keyingina qurilish maydonida metall buyumlardan foydalanishga ruxsat beriladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, FDG kompaniyasi Rossiyada ishlab chiqarilgan A500 markali armaturalardan foydalanadi.

“Manhattan” turarjoy majmuasi.

FDG kompaniyasi Germaniyaning Peri kompaniyasi bilan 5 yildan beri opalubkalar bo‘yicha hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu kompaniya opalubka va xavoza ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning jahon reytingida eng yaxshi 10 talikdan joy olgan. Peri kompaniyasining uskunalari yuqori aniqligi va chidamliligi bilan ajralib turadi, bu esa o‘z navbatida FDG kompaniyasiga bexato va konstruksiyaning 100% mustahkamligini saqlagan holda beton quyish imkonini beradi.

Temirbeton konstruksiyani quyish bo‘yicha ishlar tugallangandan so‘ng, 10 kun davomida ob-havo sharoitiga qarab betonni parvarish qilish bo‘yicha ishlar olib boriladi, bunda harorat va namlik hisobga olingan holda temirbeton konstruksiyasi sifati va mustahkamligining yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Binoning tashqi o‘rab turgan konstruksiyalari va xonadonlarning oraliq devorlarida bino karkasiga yuklarni minimal ta’sir etuvchi yengil avtoklavli gaz bloki foydalanilgan. Mustahkamlik, bardoshlilik hamda devorning tekislikdan siljishiga qarshilik ko‘rsatish uchun metall prokatdan ramka elementlarini, rigel (to‘sin)larni o‘rnatish va gorizontal mustahkamlash kabi bir qator chora-tadbirlar ko‘rilgan.

Zilzila paytida, bizga har doim eshik kesakisida turish kerakligi haqida o‘rgatishganini eslaysizmi? Shu o‘rinda, ta’kidlash kerakki, eshik va rom yoriqlariga yirik va mayda to‘ldiruvchilarni yotqizish paytida, shuningdek, devor va bo‘linmalarda uch metrdan ortiq uzunlikdagi antiseysmik kamar va yadrolardan foydalaniladi. Shuni ham ta’kidlash joizki, seysmiklik darajasi past bo‘lgan mamlakatlardan farqli o‘laroq, O‘zbekistonda bunday texnologiya, qurilish obektining necha qavat bo‘lishidan qat’iy nazar, majburiy hisoblanadi.

FDG kompaniyasi qurilish va loyihalash boshqarmasi mutaxassislarining fikricha, zamonaviy binolar zilzilalarga ancha bardoshlidir. Sababi, bu me’yoriy talablarning doimiy ravishda ortib borayotganligi hamda hisob-kitoblarning yanada aniqroq bo‘layoganligi bilan bog‘liqdir. Avvallari seysmik kuchlar eng oddiy konsol-sterjenli model usuli - ossillyator yordamida aniqlangan bo‘lsa, hozirda 3D-modellashtirish binoning seysmik ta’sir ostidagi harakatini va bu holda yuk ko‘taruvchi qismida paydo bo‘ladigan kuchlarni to‘liqroq va aniqroq aniqlash imkonini bermoqda. Yangi bilimlar qo‘shimcha konstruktiv cheklovlarini keltirib chiqardi, bu esa alohida tugunlarda mustahkamlash foizining oshishiga olib keldi.

Ushbu standartlarga amal qilish bo‘yicha nazorat qanday amalga oshiriladi? Bu yerda FDG kompaniyasining nazorat qiluvchi davlat organlari bilan obektni loyihalashdan boshlab ishga tushirishgacha bo‘lgan ishlarning barcha bosqichlarida o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladi:

  • dastlabki loyihalash bosqichida – shahar kengashi tomonidan shaharning bosh rejasiga muvofiqligi, majmua arxitektura qismining esa belgilangan norma va standartlarga muvofiqligi tekshiriladi;
  • ishchi hujjatlarni tasdiqlash bosqichida – standartlarga muvofiqligini tekshirish uchun davlat ekspertizasiga ishchi chizma taqdim etiladi, bunda konstruktiv-arxitektura qismi, ichki va tashqi tarmoqlari, shuningdek obektning bosh rejasi batafsil ishlab chiqiladi;
  • qurilishga ruxsat olish bosqichida – Davlat arxitektura qurilish nazorati ushbu obektni yetkazib berish sanasiga qadar nazoratga olish va nazorat qilish bo‘yicha kompaniya bilan shartnoma tuzadi;
  • qurilish bosqichida nazorat uch tomonlama amalga oshiriladi: DAQN, loyihalash tashkiloti va buyurtmachi tomonidan. Tomonlarning har biri bajarilgan ishlarning loyihaga muvofiqligini tekshiradi (qurilishning oldingi bosqichi tekshirilmay turib keyingi bosqichiga o‘tilmaydi), sifati tekshiriladi, mualliflik va kundalik texnik nazorat amalga oshiriladi va agar loyihadan ozgina bo‘lsa-da og‘ish mavjud bo‘lsa, bu jurnallarda qayd etiladi va kamchiliklar bartaraf etilmaguncha qurilish jarayoni to‘xtatiladi;
  • qurilish yakunlanganidan so‘ng barcha jurnallar, bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnomalar, laboratoriya xulosalari va barcha kerakli hujjatlar qayta tekshirish va saqlash uchun DAQNga topshiriladi.

16 qavatli blok poydevor yostig‘ini qurish uchun M400 markali betondan – 1080 m3, M500 markali armaturadan – 112 tonna ishlatiladi.

Xulosa sifatida:

  • FDG kompaniyasi o‘z obektlarining sifati va xavfsizligiga ishonadi, chunki bu kompaniyaning ajralmas tamoyilidir va buni eng yuqori sifatli betondan foydalanishlik va armaturaning miqdori tasdiqlaydi;
  • FDG kompaniyasi qonunlarni, belgilangan me’yorlar va tartiblarni hurmat qiladi va bu borada davlat tashkilotlari hamda xizmatlari bilan hamkorlik qilish uchun doimo ochiqdir, ular tomonidan to‘siqsiz nazorat olib borishlarini ta’minlaydi;
  • o‘z navbatida, davlat tashkilotlari nazoratga olish va nazorat qilish bo‘yicha barcha ishlarni muntazam ravishda amalga oshirib boradilar.

Aynan shuning uchun ham FDG kompaniyasi, FDG turarjoy majmualarida yashash xavfsiz ekanligini kafolatlaydi va “Parkent Plaza”, “Manhattan”, “Fayzli” hamda “Riverside” majmualarining har bir aholisi: “Mening uyim – mening qal’am” deb ishonch bilan aytishi mumkinligini bildiradi.

www.fdg.uz

www.manhattan.uz

www.parkent-plaza.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid