Manhattan TJM o‘ziga xos me'morchilik uslubida quriladi va Darxondagi Markaziy park (sobiq Telman nomidagi park) ro‘parasida joylashgan bo‘ladi.

Hamid Olimjon metro bekati va park o‘rtasidagi maydonda qurilayotgan kvartal biznes va elita klassidagi uylardan tashkil topadi. Bino joylashgan hudud shaharning markaziy nuqtalaridan bo‘lib, bu yerga poytaxtimizning istalgan joyidan osonlik bilan yetib kelish mumkin. Parklar, savdo markazlari, maktablar, brodvey va qulay yashash uchun zarur bo‘lgan boshqa infratuzilmalar yaqin masofada joylashgan. Shuningdek, aeroportga borishingiz uchun 15 daqiqa, Toshkent vokzaligacha 10 daqiqa kifoya qiladi. Qurilish ishlarini First Development Group (FDG) kompaniyasi amalga oshirmoqda.

Poytaxt markaziga yangicha nigoh tashlash

Bir necha fazalarga bo‘lingan turar-joy majmualari, mehmonxonalar va biznes-markazlardan tashkil topgan butun kvartalning qurilish loyihasi o‘z ichiga nafaqat uy-joyni, balki mehmonxonalar va biznes-markazlarni olgan. Shuningdek, Darxon favvoralaridan markaziy parkkacha o‘tgan katta yo‘lovchilar xiyoboni shahar xaritasidagi yangi o‘ziga tortish nuqtasiga aylanadi. Uchburchak shaklidagi bino shaharning yana bitta yorqin va taniqli joyi bo‘lishi aniq. Odatdagidan farqli bo‘lgan bunday dizaynga arxitektorlarni Fletayron Bilding (dazmol-bino) – Nyu-Yorkning timsoli ilhomlantirdi.

Manhattan TJMlarida FDG developer quyidagicha qarashlarni amalga oshirmoqda:

1. Manhattan Prime TJM — hayotini jo‘shqinlikda va Toshkentning yuragida o‘tkazadiganlar uchun mo‘ljallangan hudud;

2. Manhattan Sentral TJM — voqealar markazida bo‘lishni hamda qulaylik va xizmatlarning munosib darajasiga ega bo‘lishni afzal ko‘radiganlar uchun uy-joylar;

3. Manhattan SOHO TJM — o‘zgacha muhitga ega tuman: erkin, yoshlarbop, ijodiy. Bu yerda galereyalar, restoranlar, kafe va zamonaviy do‘konlar joylashadi.

To‘la-to‘kis, mazmunga boy hayot kechirishga mos keladigan muhitni yaratish uchun developer Darxondagi loyihada nafaqat yashash uchun mo‘ljallangan va ko‘ngilochar, balki ishga oid infratuzilmani ham ko‘zda tutgan. Bitta obod kvartal doirasida ham yashash, ham ishlash, ham hordiq chiqara olish imkoniyati taqdim etiladi.

Darxondagi Manhattan qanday bo‘ladi?