Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda pnevmatik qurol olib yurgan haydovchi aniqlandi
2023 yil 12 fevral kuni soat 01:30 larda, Shayxontohur tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari kichik serjant J.Temirov, safdor Q.Zikirovlar tomonidan Laylitug‘on ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan haydovchi to‘xtatilgan.
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan N.T. boshqaruvidagi KIA rusumli avtomobil to‘xtatilib, hujjatlarni tekshirish davomida haydovchining o‘zini tutishi YPX inspektorlarida shubha uyg‘otgan.
Xolislar ishtirokida haydovchi ko‘zdan kechirilganda qo‘l sumkasi ichidan pnevmatik qurol topilgan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro hamda aniqlangan pnevmatik qurol Shayxontohur tumani IIO FMB ga topshirilgan.
Mavzuga oid
18:10 / 15.12.2025
Toshkentda yashovchi shaxs uyini ta’mirlash chog‘ida granata va boshqa qurollarni topib oldi
01:22 / 07.12.2025
AQSh Ukrainaga ko‘proq qurol yetkazib berishni va’da qildi – OAV
09:44 / 04.12.2025
Bundestag 2,5 mlrd yevroga qo‘shimcha qurol-yarog‘ xaridini ma’qulladi
08:29 / 01.12.2025