O‘zbekiston | 09:15 / 15.02.2023
5281
1 daqiqa o‘qiladi

Qohirada O‘zbekiston-Misr ishbilarmonlari kengashi birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi

O‘zbekiston diplomatiya vakolatxonasi ko‘magida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari va Misr ishbilarmonlar uyushmasi ijrochi direktori Muhammad Yusuf o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Suhbat avvalida O‘zbekiston-Misr biznes-forumida ishtirok etadigan ishbilarmonlar va ularning faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Misr tomoni ushbu tadbirda 100 nafargacha misrlik ishbilarmonlarni jalb etishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.

Biznes-forum doirasida V2V uchrashuvlarini tashkil etish o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olish uchun qulay imkoniyat yaratishi alohida ta’kidlandi.

Muhammad Yusuf O‘zbekiston-Misr ishbilarmonlari kengashini tashkil etish va uning birinchi yig‘ilishini Qohira shahrida o‘tkazish taklifini bildirdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Misr ishbilarmonlari kengashi o‘rtasidagi O‘zbek-Misr ishbilarmonlari kengashini tuzish to‘g‘risida bitim loyihasi ko‘rib chiqildi va   imzolash uchun tasdiqlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid