Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vodiy viloyatlari ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilyapti
Foto: KUN.UZ
So‘nggi kunlarda vodiy viloyatlarining gaz quvurlarida bosim me’yordan pasayishi natijasida ayrim hududlardagi xonadonlarning tabiiy gaz ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabining keskin oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish va uning iste’moli o‘rtasidagi me’yorni ta’minlash, energotizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalar oldini olish maqsadida vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli cheklovlar kiritishga majbur bo‘linmoqda.
Shuningdek, elektr qurilmalarida yuklamaning ortishi natijasida ayrim hududlardagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida inson omilisiz avtomatik ravishda uzilish holatlari kuzatilmoqda.
Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida mutaxassislar tomonidan tegishli choralar ko‘rilayotgani aytiladi.
Mavzuga oid
09:13 / 25.04.2026
Toshkentda elektr korxonasi muhandislari 8 ming dollar bilan ushlandi
17:58 / 17.03.2026
Namanganda soliq qarzdorligi 1 mln so‘mdan oshsa, elektr uchun to‘lov cheklanadi
10:53 / 12.03.2026
Elektr va gazga noqonuniy ulanganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14:52 / 06.03.2026