Yevropa Ittifoqi Rossiyani soliq yurisdiksiyalarining qora ro‘yxatiga kiritdi
Rossiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi soliq masalalari bo‘yicha muloqot Rossiyaning Ukrainadagi keng ko‘lamli harbiy harakatlaridan keyin to‘xtab qoldi.
Yevropa Ittifoqi kengashi Rossiyani Yevropa Ittifoqi nuqtayi nazaridan soliq qonunchiligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan va ayni paytda ularni bartaraf etishda Bryussel bilan hamkorlik qilishdan bosh tortayotgan davlatlar qora ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda YeI kengashining 14 fevral, seshanba kuni tarqatilgan press-relizida aytiladi.
Hammasi bo‘lib, ushbu ro‘yxatda 16 ta davlat mavjud, ular bilan bir vaqtda kiritilgan Rossiya va Kosta-Rikadan tashqari, bu deyarli faqat mitti orol davlatlari - Fiji, Samoa va Bahama orollari. YeI kengashi matbuot xizmatining DW nashriga tushuntirishicha, avvalroq Rossiya barcha muammolarga qaramay, bu borada Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik qilishga va soliq kodeksiga xalqaro qoidalarga muvofiq o‘zgartirish kiritishga tayyor bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida edi.
Rossiya 2022 yilda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlarga qaramay, «xalqaro holding kompaniyalari uchun maxsus rejimning zararli tomonlarini yo‘q qilish» majburiyatini bajarmadi, deyiladi press-relizda. Bundan tashqari, «Rossiya bilan soliqqa oid masalalar bo‘yicha muloqot Rossiyaning Ukrainaga bo‘lgan agressiyasidan keyin to‘xtab qoldi».
Shvetsiya moliya vaziri Elizabet Svantesson Yevropa Ittifoqi nomidan Shimoliy Makedoniya, Barbados, Yamayka va Urugvayni YeI bilan soliq tafovutlarini bartaraf etish choralarini ko‘rgani va qora ro‘yxatdan chiqarilgani uchun tabrikladi.
Mavzuga oid
08:10
Apple BBC, The Insider va "Exa Moskvy" podkastlarini Rossiyada yashirib qo‘ydi
19:27 / 14.11.2024
O‘zbekistondagi mehmonxonada vafot etgan rossiyalik jurnalist qonida is gazi izlari topildi – OAV
15:42 / 14.11.2024
Rossiyadan Venesuelagacha: tabiiy boyliklar bo‘yicha eng boy davlatlar
23:24 / 13.11.2024