O‘zbekiston | 15:01 / 17.02.2023
11643
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda ikkita qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida ikki marta qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda.

Foto: Telegram / Qashqadaryo ahli

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani tog‘li Ko‘l qishlog‘iga eltuvchi avtomobil yo‘lida joriy yil 16 fevral kunlari soat taxminan 11:00 larda taxminan 1200 m3 hajmda qor ko‘chkisi sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga tuman hokimligi va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari chiqib, ushbu qor massalari zarur texnikalar yordamida to‘liq bartaraf etilgan va avtomobillar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu manzilda bugun, 17 fevral kuni soat taxminan 10:30 larda yana bir bor qor ko‘chishi kuzatilgan, natijada yo‘lning taxminan 15 metr qismini qor massasi yopib qo‘ygan. Hozirda ushbu ko‘chki oqibatlari mexanizatsiya kuchlari yordamida bartaraf etilmoqda.

Ushbu ikkita holat oqibatida hech bir bino inshootlarga zarar yetmagan, tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid