Slovakiya parlamenti Rossiyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlat deb tan oldi
Slovakiya parlamenti Rossiya rejimini terroristik, Rossiyani esa terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlat sifatida tan oldi. Bu payshanba kuni qabul qilingan rezolyutsiyada aytiladi, deya xabar beradi Slovakiya Respublikasi Milliy assambleyasi matbuot xizmati.
Hujjatda deputatlar Rossiyaning tinch aholiga, fuqarolik obektlariga va asosiy energetika tuzilmalariga qarshi keng ko‘lamli hujumlarini qoraladilar, shuningdek, Ukraina mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar.
Rezolyutsiyada Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita tahdidlari qoralanadi.
Bundan tashqari, Slovakiya parlamenti Rossiya tajovuzkorligi, insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlarini ta’qib qilish uchun maxsus tribunal yaratish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
13:29
Zelenskiy: Slovakiya Rossiya gazi uchun suverenitet bilan to‘laydi
17:41 / 21.12.2024
Slovakiya bosh vaziri Putin bilan gaz tranzitini muhokama qilish uchun Rossiyaga boradi
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024