Jahon | 09:04 / 18.02.2023
11801
2 daqiqa o‘qiladi

Makron: G‘arb Ukrainada uzoq davom etadigan mojaroga tayyor

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ittifoqchilarni Ukrainaning Rossiyaga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga chaqirdi. 

Emmanuel Makron / Foto: MSC

Fransiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, G‘arb Ukrainada «uzoq davom etadigan mojaro»ga tayyor. Fransiya davlati rahbarining aytishicha, hozir Rossiya Federatsiyasi bilan «muloqot vaqti emas». 

Makron Yevropa Ittifoqi davlatlarini mudofaaga katta sarmoya kiritishga, mudofaa sanoati sektorlarini kuchaytirishga chaqirdi. Fransiya prezidenti, shuningdek, «transatlantik mudofaa ittifoqining yadroviy jihati»ni yana bir bor tasdiqlashga chaqirdi.

Fransiya va Xitoy Ukrainada tinchlikka erishish uchun hamkorlik qilish niyatida. Bu haqda 15 fevral kuni Yelisey saroyi matbuot xizmati xabar qilishicha, Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi kanselyariyasi rahbari, Siyosiy byuro a’zosi Van I tomonidan kelishib olingan. 

Har ikki siyosatchi ham mamlakatlari «xalqaro huquq qoidalarini hurmat qilgan holda tinchlikka erishishning umumiy maqsadi»ga sodiqligini bildirdi. Shu bilan birga, Makron Pekin Moskvaga tinchlik muzokaralarini boshlashga rozi bo‘lishi uchun ta’sir o‘tkaza olishiga umid bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid