Jahon | 19:45 / 18.02.2023
23855
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada qutqaruvchilar vayronalar ostidan 2 million dollar topdi

Pullar politsiyaga topshirildi.

Turkiyaning G‘oziantep shahridagi zilzila oqibatida qulagan uy vayronasi ostidan 2 million dollarga yaqin pul topildi va politsiyaga topshirildi. Bu haqda Haber Lutfen xabar berdi.

Qutqaruvchilar turar joy majmuasi vayronalari ostidan bir kishini olib chiqish vaqtida pullarni ko‘rib qolishgan.

«Odamning yonida 2 million dollar bor edi, qutqaruvchilar pulni politsiyaga topshirdi. Yigitlarimiz birinchi navbatda odam hayotini saqlab qolish uchun harakat qilishadi. Topilgan qimmatli narsalar esa politsiyaga topshiriladi – bunday holatlar ko‘p», dedi G‘oziantep yong‘in xavfsizligi xizmati rahbari Jafar Yilmaz.

Avvalroq, qutqaruvchilardan biri vayronalar ostidan 4 mln dollar topib, politsiyaga topshirgani, ammo pullar qalbaki bo‘lib chiqqani haqida xabar berilgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid