Turkiyaning Köniyo viloyati ma’muriyati xodimi Mehmet Özber Uslu zilzila yuz bergan Hatay şahrida qidiruv-qutqaruv işlarida qatnaşib, vayronalar ostidan 4 million dollar solingan sumkani topib oldi.
U pullarni mahalliy politsiyaga topşirdi. Uning xatti-harakatlari namunali deb topilib, ijtimoiy tarmoqlarda köplab maqtovlarga sazovor böldi.
Biroq, keyinçalik Sabah naşriga ma’lum bölişiça, politsiyaga topşirilgan sumkadagi pullar qalbaki bölib çiqdi.
6 fevral kuni Turkiya janubida va Suriyaning şimolida magnitudasi 7 balldan ortiq bölgan kuçli zilzila yuz berdi. 10 fevral holatiga qurbon bölganlar soni 20 mingdan oşdi. Şuningdek, bir neça ön minglab odamlar jarohat oldi, turar-joy binolari vayron böldi. Ayniqsa, Hatay va Qahramonmaraş şaharlarida vayronagarçiliklar eng köp qayd etildi. Hozirda uşbu hududlarda qidiruv-qutqaruv işlari olib borilmoqda.


















