Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik mehnat migrantlari Ispaniya mehnat bozoriga jalb qilinadi
O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillarining Ispaniyadagi ushbu sohaga mutasaddi vazirligi xodimlari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Ispaniya vakillari O‘zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilgan ishlarga baho berar ekan, O‘zbekiston fuqarolari uchun xorijiy mamlakatlarda xavfsiz va tartibli mehnat faoliyatini olib borish uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi rivojlanayotgan davlatlarning ijobiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanishini aytishdi.
Taqdim etilgan batafsil ma’lumotlar va taqdimot uchun minnatdorlik bildirar ekan, ular Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun yetarli darajadagi salohiyat mavjudligini ta’kidladi. Shuningdek, o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini Ispaniya mehnat bozoriga jalb qilish uchun qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalaridagi kompaniyalarni topishda yordam taqdim etishga tayyor ekanliklari ham ma’lum qilindi.
Tashkilotlar o‘rtasida Anglashuv memorandumini imzolash, shuningdek, mamlakatda mehnat migrantlarini xorijga yuborishdan oldin tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishish maqsadida Ispaniya delegatsiyasining O‘zbekistonga safarini tashkil etish taklifi ham bildirildi.
Mavzuga oid
21:00 / 23.08.2025
Vashingtonda noqonuniy migrantlarni hibsga olish holatlari o‘n barobarga oshdi – CNN
19:52 / 21.08.2025
AQShda o‘n minglab migrantlarning himoya maqomini bekor qilishga ruxsat berildi
20:33 / 13.08.2025
Moskvada migrantlarga taksichilik qilish taqiqlanmasligi aytildi
23:15 / 11.08.2025