Jahon | 15:01 / 20.02.2023
10347
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda 4,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi. 

20 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:45 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila koordinatalari: 37,53 gradus shimoliy kenglik; 71,8 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4,2. Chuqurlik 178 km. Zilzila episentri Toshkentdan 471 km janubi-sharqda.

Ma’lumot uchun, 16 fevral kuni Tojikistonda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.

Mavzuga oid