Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orenburgda Chimkentga ketayotgan avtobus YTHga uchradi
Rossiyaning Orenburg viloyatida yo‘lovchi avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. O‘zbekiston Transport vazirligi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
22 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Orenburg viloyati Orenburg – Qozon trassasida yo‘lovchi avtobusi YTHga uchragan.
Avtobus haydovchisi harakat vaqtida boshqaruvni yo‘qotishi natijasida ariqqa ag‘darilib ketgan. Avtobus salonida 29 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 4 nafari bolalar. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.
Ushbu avtobus Qozog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olingan bo‘lib, buyurtma asosida «Kostroma – Chimkent» yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchilarni olib ketayotgan bo‘lgan.
Rossiya FVV Orenburg viloyat boshqarmasi tomonidan avtobus yo‘lovchilari dastlab mahalliy madaniyat uyiga joylashtirilgan.
Barcha yo‘lovchilar tez yordam xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shundan so‘ng, yo‘lovchilar boshqa avtobusda harakatni davom ettirgan.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026