O‘zbekiston | 09:44 / 24.02.2023
9142
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida 24 fevral kuni Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev tashrif davomida mahallalar hayoti, ta’lim muassasalari va sanoat korxonalari faoliyatini ko‘zdan kechiradi. 

Bundan tashqari, yangi loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, viloyatni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari belgilanadi, deyiladi rasmiy xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid