O‘zbekiston | 11:11 / 25.02.2023
2686
1 daqiqa o‘qiladi

Cenatorlar poytaxtda fuqarolar qabulini o‘tkazdi 

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan qabulda fuqarolarning uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik faoliyati, moddiy yordam berish va mahallani obod qilish masalalari yuzasidan murojaatlari tinglangan.

23 fevral kuni Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi a’zolari poytaxtning Yakkasaroy tumanida tuman hokimi, Toshkent shahar mahalliy kengash deputatlari bilan birgalikda fuqarolar qabulini o‘tkazgan.

Qabulda bir nechta fuqaroning bandlik, “Temir daftar”ga kiritish, subsidiya ajratish borasidagi murojaatlari joyida hal qilingan. Ayrim murojaatlarning yechimi bo‘yicha esa tuman hokimi mutasaddilariga tegishli topshiriq berilgan.

Shuningdek, qo‘mita a’zolari tuman hokimligining axborot xizmati, axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati bilan ham tanishgan.

Mavzuga oid