Tula viloyatidan senator Dmitriy Savelev pul va’da qiliş evaziga tadbirkorni öldirişga tayyorgarlik körganlikda gumon qilinib hibsga olindi, deb xabar berdi Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi (TQ) rasmiy vakili Svetlana Petrenko. «Boş tergov boşqarmasi rossiyalik senator Dmitriy Savelevga nisbatan qotillikka tayyorgarlik körgani uçun jinoiy iş qözğatdi», deyiladi 2 avgust, juma kuni departamentning Telegram-kanalida e’lon qilingan xabarda. 

Şu kuni Moskvaning Basmanniy sudi tergov talabiga binoan Savelevni 2 oktyabrgaça hibsga oldi. 

Tergov ma’lumotlariga köra, «şaxsiy duşmanlik asosida» Savelev 2023 yil avgust oyida Moskvada 100 ming dollar pul evaziga öz biznes şerigi Ionovga suiqasd uyuştirmoqçi bölgan, u göyoki ular birgalikda boşqargan kompaniyadan pullarni isrof qilgan. Öz navbatida, senatorning tanişi uning topşiriği bilan «qotillik ijroçisini topişga harakat qildi», bu Rossiya Federatsiyasi huquqni muhofaza qiliş organlariga ma’lum böldi. 

«Jinoyat buyurtmaçisi va taşkilotçilari, şu jumladan qotillik uyuştirişni foş qiliş böyiça kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari taşkil etildi», dedi Petrenko va tadbirkorning öldirilgani haqidagi ma’lumotni olgandan söng, «Savelev jinoyat sodir etişda şerik bölgan şaxsga pul bergani»ni aytdi. «Kommersant» suhbatdoşlariga köra, rossiyalik senator jinoyatni vositaçilar orqali uyuştirgan va ular «FSIN» sobiq xodimini «qotil sifatida» yollagan. Biroq, buyruqni olgaç, u «FSB»  bilan boğlanib, keyin xodimlar nazorati ostida harakat qildi. 

Senatorning daxlsizligi olib taşlandi, u umrbod qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin

Şu kunning özida Federatsiya kengaşining reglament va parlament faoliyatini taşkil etiş böyiça qömitasi rahbari Vyaçeslav Timçenko Dmitriy Savelevdan daxlsizlik olib taşlanganini ma’lum qildi. «Interfaks» agentligi xabariga köra, Federatsiya kengaşi boş prokuror talabiga binoan Savelev bilan tergov harakatlarini ötkazişga rozi bölgan. Öz navbatida, Federatsiya kengaşining Konstitutsiyaviy qonunçilik va davlat qurilişi qömitasi rahbari Andrey Klişas Savelevga nisbatan tintuv va hibsga olişga rozilik berilganini aytdi.

Savelevning özi Federatsiya kengaşi yiğilişida ta’qib qilinişini asossiz deb atadi va unga qarşi faktlar «töqima» ekanini bildirdi, dedi Timçenko RBK agentligiga.

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi («qotillikka tayyorgarlikni taşkil etiş»), 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş tarzidagi jazoni nazarda tutadi.