Senat yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun muhokama qilindi.

Qayd etilişiça, qonun bilan siyosiy partiyalarni moliyalaştiriş, davlat mablağlarining siyosiy partiyalar örtasida taqsimlanişi tartibini, Qonunçilik palatasi deputatlarining, Senat a’zolarining va mahalliy vakillik organlari deputatlarining vakolatlarini muddatidan oldin tugatiş asoslarini belgilaşni, şuningdek, öz vazifalarini va odob-axloq qoidalarini buzganligi uçun ularga nisbatan tartibga soliş çoralarini aniqlaştirişni nazarda tutuvçi qöşimça va özgartirişlar kiritilmoqda.

Senatorlarga köra, uşbu qonun bilan jamiyat uçun muhim bölgan va töğridan-töğri işlaydigan qonunlar qabul qilinişida hamda jamiyatning rivojlanişiga qaratilgan muhim masalalar yeçimida deputat va senatorlarning mas’uliyatini yanada oşirişga qaratilgan özgarişlar kiritilyapti. Jumladan, «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi töğrisida»gi qonunda deputat va senatorning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatiş asoslari kuçaytirilmoqda.

Kiritilayotgan özgartirişlarga muvofiq:

— deputat Senatda doimiy asosda işlovçi senator haq tölanadigan tegişli turdagi faoliyat bilan şuğullanişga yöl qöyilmasligi töğrisida ogohlantiriş olganidan keyin haq tölanadigan boşqa turdagi faoliyat (ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan taşqari) bilan şuğullangan taqdirda;

— tegişli palata, siyosiy partiya fraksiyasi, özi tarkibiga saylangan qömita, komissiya faoliyatida bir kalendar yil içida öttiz yoki undan ortiq iş kuni uzrli sabablarsiz iştirok etmaganda;

— çet davlatning doimiy yaşaş guvohnomasini yoki çet davlat hududida doimiy yaşaş huquqini tasdiqlovçi boşqa hujjatni olganda;

— partiya röyxati asosida saylangan deputat özini deputatlikka nomzod etib körsatgan siyosiy partiya a’zoligidan çiqqanda deputat yoki senatorning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatiş uçun asos bölişi belgilanmoqda.