Yangilangan Malibu XL avtomobillarining narxlari e’lon qilindi
Malibu XL 375 mln so‘mdan 419 mln so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotuvga chiqariladi.
UzAuto Motors yangilangan Malibu XL avtomobillarining narxlarini e’lon qildi:
- Malibu XL 1LT – 334 822 000 so‘m
- Malibu XL 2LT – 348 215 000 so‘m
- Malibu XL LTZ – 374 108 000 so‘m
Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini bilan hisoblaganda, narxlar quyidagicha shakllanadi:
- Malibu XL 1LT – 375 000 640 so‘m
- Malibu XL 2LT – 390 000 800 so‘m
- Malibu XL LTZ – 419 000 960 so‘m
Malibu XL 237 ot kuchiga ega 2,0 litr hajmli turbo dvigatel bilan jihozlangan. Maksimal aylanish momenti 350 NM. Avtomobil trassasida sedanning yoqilg‘i tejamkorligi 100 kilometrga 6,7 litrgacha yaxshilangan.
Malibu XL to‘rt g‘ildirakli mustaqil podveskadan foydalanadi, old va orqa rul bo‘g‘imlari alyuminiydan yasalgan bo‘lib, u quyma temirga qaraganda yengilroq va elastikroq hisoblanadi, bu o‘z navbatida butun mashinaning og‘irligini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.
Mavzuga oid
10:06 / 18.11.2024
Shota Rustaveli ko‘chasida Malibu yo‘l chetidagi temir ustunga borib urildi
18:27 / 31.10.2024
Yangi Cobalt Midnight 7,3 million so‘m qimmatroq bo‘ladi
13:29 / 14.10.2024
2024 yilning 9 oyida UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 89 foizni tashkil qildi
21:53 / 26.09.2024