O‘zbekiston | 12:28 / 01.03.2023
4969
1 daqiqa o‘qiladi

Jazeera Airways Al-Kuvaytdan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

1 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:08 da Kuvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasi samolyoti Samarqand xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. 

Foto: Uzbekistan Airpors

O‘zbekistonga yangi parvoz yo‘nalishi: Al-Kuvayt — Samarqand — Al-Kuvayt yo‘nalishini ochgan Airbus A320 samolyoti an’anaviy tarzda suv arkasi bilan, ekipaj va yo‘lovchilar esa gullar bilan kutib olindi.

Muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Jazeera Airways O‘zbekistonga parvozlarni 2021 yilda boshlagan. Al-Kuvaytdan Toshkentga muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Namanganga — dushanba, chorshanba va juma kunlari.

Jazeera Airways Kuvaytning ikkinchi milliy aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi o‘z terminaliga ega xalqaro aeroportda joylashgan va arzon narxlardagi havo sayohatlariga ixtisoslashgan.

Mavzuga oid