Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatorlar “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
Oliy Majlis Senatining o‘ttiz yettinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.
“Qonun mamlakatimiz hududida tovarlarning erkin harakatlanishini ta’minlash, raqobat muhitini himoya qilish, tovar, moliya va raqamli bozorlarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga sharoit yaratish maqsadida ishlab chiqilgan. Ta’kidlash joiz, unda 2012 yil qabul qilingan “Raqobat to‘g‘risida”gi hamda 1999 yil qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunlar birlashtirilib, tabiiy monopoliya va ustun mavqega ega sub’yektlarga qo‘yiladigan talablarning aksariyat qismi birxillashtirilgan.
Qonunda raqobat sohasidagi davlat siyosatining, ya’ni raqobatni himoya qilish, raqobatga qarshi harakatlarning oldini olish va to‘xtatish, respublika hududida iqtisodiy faoliyat erkinligi va tovarlarning erkin harakatlanishini ta’minlash, tovar va moliya bozorlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan”, – deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, qonunga bir qator yangi, ya’ni monopoliyaga qarshi komplayens, raqamli platforma kabi tushunchalar ham kiritilmoqda.
“Qonunga ustun mavqeni belgilashning yangi mezonlari kiritilayotgan bo‘lib, unga ko‘ra tabiiy monopoliya sub’yektlari ham ustun mavqega ega sub’yektlar qatoriga qo‘shilmoqda.
Shu bilan birga Qonunda ustun muzokara kuchi instituti kiritilib, ushbu normaga ko‘ra, bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi sababli boshqa sub’yektlar bilan shartnoma tuzishda, ularda ustun muzokara kuchi mavjud deb baholanishi belgilanmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash maqsadida qonunda raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamni baholash tizimi joriy qilinmoqda.

Qonun bilan savdolarga doir raqobatni cheklashga qarshi talablar va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishtirokchilarning bir vaqtda savdo jarayonlarida ishtirok etishiga taqiqlar belgilanmoqda.
Shuningdek, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.
Senatorlarning fikriga ko‘ra, mazkur qonunning qabul qilinishi raqobatga qarshi harakatlarning kamayishiga, iqtisodiy faoliyat erkinligi, tovarlarning erkin harakatlanishiga, raqobat muhitini rivojlantirishga hamda tovar va raqamli bozorlarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishga huquqiy asos yaratadi”, – deyiladi Senat xabarida.
Muhokamalar yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullangan.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026