Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rheinmetall Ukrainada tank zavodi qurish bo‘yicha muzokaralar olib boryapti
Taxminan 200 million yevro evaziga Ukrainada yiliga 400 tagacha Panther tanklarini ishlab chiqaradigan Rheinmetall zavodini qurish mumkin, dedi konsern bosh direktori.
Germaniyaning Rheinmetall qurol konserni Ukrainada tank zavodi qurish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Rheinmetall bosh direktori Armin Papperger 4 mart, shanba kuni Rheinische Post gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Taxminan 200 million yevro evaziga Ukrainada yiliga 400 tagacha Panther tanklari ishlab chiqaradigan Rheinmetall zavodini qurish mumkin. Ukraina hukumati bilan muzokaralar istiqbolli va umid qilamanki, bu borada qaror keyingi ikki oy ichida qabul qilinadi», dedi Papperger.
Urushda g‘alaba qozonish uchun Ukrainaga 600 tadan 800 tagacha tank kerak va bu ehtiyojni qondirish uchun ishlab chiqarishni zudlik bilan yo‘lga qo‘yish kerak, deb hisoblaydi ekspert. Uning fikricha, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari yordamida zavodni Rossiya hujumlaridan himoya qilish «qiyin bo‘lmaydi».
«Germaniya Kiyevga Bundesverdagi barcha 300 ta Leopard 2 tankini topshirsa ham, ularning soni juda oz bo‘ladi», - deya qo‘shimcha qildi Armin Papperger.
Nashr suhbatdoshi konsern «to‘liq quvvat bilan» ishlayotganini tan oldi. «Biz allaqachon 40 dan ortiq Marder piyoda jangovar texnikasini foydalanishga topshirganmiz, yil oxirigacha ularning soni 100 taga yetadi. Buyurtma berilgan 50 ta Leopard 2A4 tankidan 30 ga yaqini tayyor. Bundan tashqari, Leopard 1’ning 100 ga yaqin eski konstruksiyalari mavjud bo‘lib, ulardan 88 tasini bugungi kunda foydalanishga yaroqli qilishimiz mumkin», dedi Rheinmetall bosh direktori.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026