Rossiyalik targ‘ibotchi Krasovskiy «Moskva-Toshkent» reysidan chetlatildi
U yo‘lovchilarni haqorat qilgani uchun samolyotdan tushirib yuborilgan.
Rossiyaning Russia Today telekanali targ‘ibotchisi Anton Krasovskiy yo‘lovchilarni haqorat qilgani uchun «Moskva-Toshkent» reysidan chetlatildi. Bu haqda Baza xabar berdi.
Krasovskiyning o‘zi ham ijtimoiy tarmoqda Aeroflot reysidan birinchi marta chetlashtirilgani haqida xabar berdi.
«Birinchi marta meni Aeroflot reysidan tushirib yuborishdi. La’nat senlarga! Aeroflot o‘lishi kerak», deb yozdi u.
Baza xabariga ko‘ra, Krasovskiy samolyotda parvoz oldidan telefonda baland ovozda suhbatlashgan, boshqa yo‘lovchilar undan sekinroq gaplashishni so‘ragan. Shundan so‘ng, targ‘ibotchi «quyushqondan chiqib ketgan», baqirib, odamlarni haqorat qila boshlagan. Shu sababli u zudlik bilan samolyotdan tushirib yuborilgan.
Manbalarning aytishicha, politsiya Krasovskiy bilan profilaktik suhbat o‘tkazgan va qo‘yib yuborgan.
Avvalroq, Krasovskiy RT kanali efirida ukrainalik bolalarni cho‘ktirish va tiriklay yoqishga chaqirgan edi. Rossiya Tergov qo‘mitasi uning so‘zlarini tekshirib, jinoyat tarkibini topmadi.
Iyul oyida Krasovskiy Ukraina sharqiga safar qilib, taassurotlari haqida yozib, «Vinnitsa yetishmayapti» deb shikoyat qilgan edi. Bir kun oldin Ukrainaning Vinnitsa shahri rus harbiylari tomonidan o‘qqa tutilgan va o‘nlab odamlar halok bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024