Shols: Putin urushda muvaffaqiyat qozona olmasligini tushunishi kerak
Germaniya federal kansleri Olaf Shols CNN telekanaliga bergan intervyusida Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha har qanday muzokaralar Rossiya prezidenti Vladimir Putin g‘alaba qozona olmasligini tushunganidan keyingina boshlanishini aytdi.
«Mening nuqtayi nazarimga ko‘ra, Putin bu bosqin va imperialistik agressiya bilan muvaffaqiyat qozonmasligini tushunishi kerak, u o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi kerak. Bu muzokaralar uchun asosdir», - dedi Germaniya hukumati rahbari.
Ukraina annexia qilingan Qrimni yoki Donbassning bir qismini qaytarmasligini tan olgan holda urushni tugatuvchi kelishuv bo‘ladimi, degan savolga Shols Ukraina tomonisiz hech qanday qaror qabul qilinmaydi, deb javob berdi.
«Biz ular uchun qaror qabul qilmaymiz. Biz ularni qo‘llab-quvvatlaymiz», dedi u.
Bundan oldin AQSh prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Olaf Shols 3 mart kuni Oq uyda urushda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.
Sholsning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga «biz uni qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha vaqt qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz» degan signal yuborish muhim.
AQShga tashrifi chog‘ida Germaniya kansleri nemis va ingliz tillarida Twitter'da shunday deb yozdi: «Yetakchiligingiz va do‘stligingiz uchun tashakkur, Jo! Vashingtonga yana bir bor qaytganimdan xursandman. Transatlantik koordinatsiyamiz har doimgidek kuchli va qat’iy. Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlaymiz, biz Ukraina uchun erkinlik va tinchlikni xohlaymiz».
Mavzuga oid
21:54
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
23:01 / 21.11.2024
Putin Dneprga «Oreshnik» ballistik raketasi yordamida zarba berilganini ma’lum qildi
20:56 / 21.11.2024
Putin Pxenyan hayvonot bog‘iga sher va ikkita ayiq sovg‘a qildi
11:15 / 21.11.2024