Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda qamishzorga o‘t ketdi
FVB qutqaruvchilari 5 gektar maydondagi yong‘inni yarim soat ichida o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan.
Illyustrativ foto
Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida 5 gektar maydondagi quruq o‘t va qamishlarga o‘t ketgan. Sirdaryo viloyati FVB xabariga ko‘ra, yong‘in yarim soat ichida o‘chirilgan.
Hodisa 2023 yil 7 mart kuni sodir bo‘lgan. Tushdan keyin Sholikor mahallasida joylashgan «Kolgansir» o‘rmon va ov xo‘jaligi hududida taxminan 5 gektar maydonda quruq o‘t va qamishlar yongan.
2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:05 da manzilga yetib borib, soat 15:33 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Natijada, o‘rmon va ov xo‘jaligining taxminan 200 gektar maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
08:34 / 08.02.2026
Angrenda ko‘p qavatli binoda yong‘in chiqdi
09:52 / 05.02.2026
Yashnobodda ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi
09:11 / 05.02.2026
Olmazor tumanida “Gazel” avtomobili yonib ketdi
22:01 / 02.02.2026