Toshkent Tibbiyot akademiyasida Xalqaro xotin-qizlar kuni nishonlandi

Foto: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Toshkent Tibbiyot akademiyasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda muassasada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning yutuqlari munosib taqdirlandi.

Bugungi kunda TTA da 700 nafardan ziyod ayollar mehnat qilishadi. Toshkent Tibbiyot akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan bayram tantanasida ularning ilmiy, tashkiliy va boshqa jarayonlarda qo‘lga kiritayotgan yutuqlari e’tirof etildi.

Akademiya rektori A.Shodmonov tadbirda jamiyat taraqqiyoti va hayotimizni ayollarning ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmasligini alohida ta’kidladi va qadrli ustoz-murabbiylar, xotin-qizlarni go‘zallik va nafosat ayyomi bilan qutlab, ularga mustahkam sog‘liq, go‘zallik, oilaviy baxt tiladi.

Xotin - qizlar bayrami munosabati bilan tayyorlangan badiiy-musiqiy kompozitsiyada bilimli, zukko, har tomonlama o‘rnak olsa arziydigan, nomdor stipendiant talaba-qizlar va olima ustoz shifokorlarga alohida ehtirom ko‘rsatildi.
Shuningdek, Toshkent davlat rus akademik drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan “Xanuma” teatr tomoshasi namoyish etildi.
TTA matbuot xizmati
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil O‘zbekiston mutaxassislari uchun treninglar tashkil etadi
O‘zbekiston | 14:50
-
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 14:29
-
Tabiiy gazdan go‘shtgacha – 86 turdagi tovarlarga eksport bojxona boji joriy etildi
Iqtisodiyot | 14:13
-
Zelenskiy yana Moskvani urushni tugatishni istamaslikda aybladi
Jahon | 14:02
Mavzuga oid

20:07 / 13.03.2024
Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi

15:05 / 31.03.2023
Toshkent tibbiyot akademiyasiga xalqaro hamkorlik doirasida sun’iy nafas olish uskunalari sovg‘a qilindi

10:25 / 29.03.2023
Toshkent tibbiyot akademiyasida Xalqaro onlayn olimpiada bo‘lib o‘tmoqda

14:43 / 24.03.2023