Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metropolitenining 7-bekati vaqtincha yopiladi
«Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishida poyezdlar harakati «Do‘stlik-2» bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.
Toshkent metropolitenining «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishi 6- va 7-bekatlari oralig‘idagi yer ustki qismida Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Qo‘yliq dehqon bozori tomon qurilayotgan avtomobil yo‘l o‘tkazgichining qurilish ishlari yakunlanmoqda.
Shu munosabat bilan metropolitenning 7-bekati (Qo‘yliq) joriy yilning 11 mart kunidan 18 mart kuniga qadar metro yo‘lovchilariga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi.
«Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishida poyezdlar harakati «Do‘stlik-2» bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi. Yo‘lovchilar uchun 6- va 7-bekat oralig‘ida qo‘shimcha avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026