O‘zbekiston | 14:34 / 10.03.2023
3949
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbarini lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpinga Butunxitoy xalq vakillari yig‘inining 14-chaqiriq birinchi sessiyasida oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbarining qutlovida so‘nggi yillarda Xitoy Si Tszinpin rahbarligida barcha soha va tarmoqlarda misli ko‘rilmagan natijalarga erishgani, ilmiy-texnologik, innovatsion va ijtimoiy rivojlanishda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgani alohida ta’kidlangan.

Xalqlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yangi - har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga XXR raisining qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi qayd etilgan.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan davlatlarimizning ko‘p qirrali hamkorligi bundan keyin ham xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida jadal rivojlanib borishiga ishonch bildirilgan.

O‘zbekiston prezidenti Si Tszinpinga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, mas’uliyatli faoliyatida zafarlar, do‘st Xitoy xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, bardavom ravnaq va farovonlik tiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid