O‘zbekiston | 19:39 / 10.03.2023
21165
1 daqiqa o‘qiladi

Umumxalq hashari 18 martga ko‘chirildi

Foto: O‘zA

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida 2023 yil 11 mart kuni o‘tkazilishi belgilangan umumxalq xayriya hashari bir haftaga kechiktirildi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida, hashar Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida hamda tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 2023 yil 18 martga ko‘chirilgan.

Shu kuni mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, bolalar maydonchalari va boshqa joylarni obodonlashtirish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash tadbirlari tashkil etiladi.

Mavzuga oid