Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro brend tovarlarini import qiluvchilar reyestri yuritiladi
O‘zbekistonda ayrim turdagi xalqaro brendlar tovarlarining rasmiy distribyutorlari reyestri tuziladi. Reyestrga kiritilgan importchilar 55 turdagi mahsulotni pasaytirilgan import bojini to‘lagan holda olib kirishi mumkin bo‘ladi.
Hukumat qarori bilan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan tuzilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Reyestrga kirish uchun ariza beruvchi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga ariza yuboradi. Arizaga, jumladan, quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- ariza beruvchi xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarining brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
- mahsulot yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan import shartnomalari;
- tovarlarning sifati yoki xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar;
- tovarning kelib chiqish mamlakati va ishlab chiqaruvchisi haqida dastlabki ma’lumot.
Ariza qabul qilingan kundan boshlab 20 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Ariza beruvchini va xalqaro brendlar tovarlarining Reyestrga kiritilganligi to‘g‘risidagi sertifikat 1 yil amal qilish muddati bilan beriladi.
Reyestrga kiritish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lov qiymati har bir import shartnoma summasining, qo‘shimcha kelishuvlar bo‘yicha – qo‘shimcha kelishuv summasining 0,8 foizi miqdorida hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qo‘shilgan holda undiriladi. Sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun BHMning 5 barobari (1,5 mln so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.
Reyestrga kiritilgan importchilar 55 turdagi mahsulotni pasaytirilgan import bojini to‘lagan holda olib kirishi mumkin bo‘ladi. Bu ro‘yxatdan parfyum va atirlar, kosmetika va shaxsiy gigiyena vositalari, kiyim-kechak va poyabzallar, zargarlik buyumlari, ko‘zoynaklar va boshqalar o‘rin olgan.
Mavzuga oid
10:00 / 13.06.2026
Sud ekspertlarining davlat reyestri yuritiladi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
08:59 / 26.05.2026