O‘zbekiston | 15:01 / 13.03.2023
5875
1 daqiqa o‘qiladi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari O‘zbekistonga keldi

Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar Folker Tyurk Toshkentga yetib keldi.

Folker Tyurk

13 mart kuni tongda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmon I.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan kutib olindi.

Folker Tyurk tashrif davomida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari rahbariyati, Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirmoqda.

Shuningdek, BMT vakili Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ham boradi.

Mavzuga oid