Sport | 16:34 / 17.03.2023
32249
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL chorakfinal o‘yinlari uchun qur’a tashlandi

1/4 final bosqichida «Real» - «Chelsi», «Man Siti» - «Bavariya» juftliklari hosil bo‘ldi. Bu ikki juftlik g‘oliblari yarimfinalda o‘zaro to‘qnash keladi.

Foto: AFP

17 mart kuni Shveytsariyaning Non shahridagi UYeFA qarorgohida Chempionlar ligasi chorakfinal bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Turnirning amaldagi g‘olibi «Real» yarimfinal yo‘llanmasi uchun «Chelsi»ga qarshi ikki o‘yindan iborat bahsda maydonga tushadigan bo‘ldi, «Manchester Siti» esa «Bavariya»ga qarshi final oldidan oldingi final bahslarini o‘tkazadi.

YeChL 1/4 final juftliklari:

  • «Real» — «Chelsi»
  • «Inter» — «Benfika»
  • «Manchester Siti» — «Bavariya»
  • «Napoli» — «Milan»

Muxlislarni yarimfinalda ham shiddatli to‘qnashuvlar kutadi. «Real» — «Chelsi» juftligi g‘olibi final uchun «Manchester Siti» — «Bavariya» juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. O‘z navbatida, «Inter» — «Benfika» juftligi g‘olibi «Napoli» — «Milan» juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.

Chorakfinalning dastlabki bahslari 11–12 aprel, javob o‘yinlari esa bir haftadan keyin – 18–19 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Yarimfinallar 9 va 10 may kunlariga, javob uchrashuvlari 16 va 17 may kunlariga belgilangan. Final 10 iyun kuni o‘tkaziladi.

Mavzuga oid