Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiqda neft mahsuloti ortilgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Foto: Kun.uz
2023 yil 21 mart kuni soat 10:35 larda Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Hodisa Toshkent viloyati hududidan o‘tuvchi A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 196-kilometrida sodir bo‘lgan, «DAF» rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida transport vositasi yo‘lning ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa ag‘darilgan.
Voqea joyiga zudlik bilan YPX hamda FVVning «Qamchiq» qutqaruv guruhi xodimlari yetib kelgan. Tsisternadagi bitum mahsuloti yo‘l qatnov qismiga to‘kilgani sababli, transportlar harakati vaqtincha yopilgan.
Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmati hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘qligini ma’lum qildi.
Hozirda ushbu YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
«Qamchiqavtoyo‘l» korxonasi ma’lumotida aytilishicha, hozirgi vaqtda dovonda transport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

Mavzuga oid
23:30 / 07.11.2025
Saudiya Arabistoni Hindiston va Xitoy uchun neftga chegirmalar e’lon qildi
17:38 / 28.10.2025
Cobalt mashinalari ortilgan treyler Qamchiqda xandaqqa tushib ketdi
13:41 / 18.10.2025
Qamchiqda xandaqqa tushib ketgan mashina va uning haydovchisi chiqarib olindi
20:46 / 28.08.2025