Jahon | 23:24 / 21.03.2023
30001
4 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Putin va Si Jinping Moskvada muzokara o‘tkazdi: asosiy bayonotlar 

Ko‘pgina xalqaro masalalarda Rossiya va Xitoyning pozitsiyalari yaqin yoki mos kelishi qayd etildi. 

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinping Moskvada muzokara o‘tkazdi. «Kommersant’» davlat rahbarlarining bayonotidan qisqacha iqtiboslar keltirdi. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin:

 - Muzokaralar muvaffaqiyatli va konstruktiv tarzda o‘tdi;

- Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar tarixdagi eng yuqori darajada;

- Xitoy tinchlik rejasining ko‘plab qoidalari Ukrainadagi kelishuv uchun asos sifatida olinishi mumkin. Ammo oldin G‘arb va Kiyev bunga tayyor bo‘lishi kerak;

- Kiyevga boyitilmagan uranli qurollarni yetkazib berish rejalari G‘arb Rossiyaga qarshi so‘nggi ukrainalik qolgunga qadar «so‘zda emas, amalda» kurashmoqchi ekanini anglatadi;

- Ko‘pgina xalqaro masalalarda Rossiya va Xitoyning pozitsiyalari yaqin yoki mos keladi;

- Mo‘g‘uliston bilan «Sila Sibiri 2» gaz quvuri bo‘yicha barcha kelishuvlarga erishildi;

- Rossiya Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan hisob-kitoblarda Xitoy yuanidan foydalanish tarafdori;

- Rossiyadan Xitoyga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berish ko‘paytiriladi, Moskva neft yetkazib berishni uzluksiz oshirishga tayyor;

- Rossiya biznesi Xitoyning energiyaga bo‘lgan o‘sib borayotgan talabini qondirishga qodir;

- Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2022 yilda tarixiy rekord — 185 milliard dollarga yetdi;

- Rossiyadan Xitoyga go‘sht va don eksportini sezilarli darajada oshirish imkoniyatlari mavjud;

- Rossiya va Xitoy o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi jadal sur’atlar bilan o‘sib bormoqda;

- Xitoy Uzoq Sharqning iqtisodiy rivojlanishida Rossiyaning yetakchi hamkoriga aylandi;

- Rossiya va Xitoy Shimoliy dengiz yo‘lini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma ishchi organ yaratishga tayyor;

- Rossiya ShHT doirasida sport uyushmasi tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlaydi;

- Moskva va Pekin axborot texnologiyalari, tarmoq xavfsizligi va sun’iy intellekt sohasida jahon yetakchilariga aylanishi mumkin;

- Rossiya o‘z hududidan chiqib ketgan korxonalarni almashtirishda Xitoy biznesini qo‘llab-quvvatlashga tayyor;

- Rossiya anti-kovid cheklovlari bekor qilinishi kontekstida Xitoy bilan talabalar almashinuvini bir necha marta oshirishga umid qilmoqda; 

Xitoy rahbari Si Jinping: 

- Putin bilan muzokaralar samimiy va do‘stona o‘tdi;

- Xitoy-Rossiya aloqalari hozirgi dunyo tizimi uchun juda muhimdir;

- Savdo hajmining o‘sishi Rossiya va Xitoyga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga turtki berdi;

- Xitoy BMT Nizomi tamoyillariga amal qilgan holda Ukraina inqirozi bo‘yicha xolis pozitsiyaga ega;

- Xitoy Ukrainadagi mojaroni hal qilish masalasida tinchlik va muloqot tarafdori;

- Xitoy va Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi sifatida xalqaro munosabatlarning asosiy me’yorlariga amal qilishda davom etadi;

- Xitoy va Rossiya ko‘p qutbli dunyoni shakllantirish uchun konstruktiv kuch yaratadi;

- Savdoda, jumladan, IT-sohasida, resurslar savdosida kompleks rejalashtirish yo‘lga qo‘yiladi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid