Avstriya: Rossiya bilan barcha aloqalarni uzib tashlashning iloji yo‘q
Avstriya Tashqi ishlar vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Rossiya bilan barcha aloqalarni butunlay uzib qo‘ya olmaydi. «Dostoyevskiy va Chaykovskiy, istaymizmi yoki yo‘qmi, Yevropa madaniyatining bir qismi bo‘lib qolaveradi», dedi Aleksandr Shallenberg.
Avstriya tashqi ishlar vaziri Aleksandr Shallenbergning ishonch bildirishicha, Rossiya kelajakda ham Yevropa uchun ma’lum rol o‘ynashda davom etadi. Aloqalarni barcha sohada butunlay uzib tashlash g‘oyasi xayoliy narsa, deya ma’lum qildi u chorshanba, 22 mart kuni Reuters axborot agentligiga bergan intervyusida: «Rossiya yer sharidan g‘oyib bo‘la olmaydi va bizning eng katta qo‘shnimiz bo‘lib qolishda davom etadi. Dostoyevskiy va Chaykovskiy, istaymizmi yoki yo‘qmi, Yevropa madaniyatining bir qismi bo‘lib qolaveradi».
Avstriya tashqi ishlar vaziri Rossiyadagi faoliyati tufayli AQSh Moliya vazirligi tomonidan tekshirilayotgan Avstriyaning Raiffeisen Bank International (RBI) bankini himoya qildi. «Menimcha, bu yerda haddan oshmaslik kerak, - dedi Shallenberg. - G‘arb kompaniyalarining atigi to‘qqiz foizi Rossiyani tark etgan va 91 foizi hali ham u yerda hamda bu vaziyatda yagona mantiqiy ish tutmoqda: kutyapti».
Shallenberg AQSh rasmiylarining harakatlarini «mutlaqo qonuniy» deb atadi va barcha Avstriya kompaniyalarining YeI sanksiyalariga so‘zsiz rioya qilishlari muhimligini ta’kidladi. U RBI ularga amal qilishiga ishonishini bildirdi.
Mavzuga oid
22:54 / 13.12.2024
Avstriya vataniga qaytishni istagan suriyalik qochqinlarga 1000 yevrodan to‘laydi
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
00:50 / 10.12.2024
Avstriya Shengen zonasining kengayishiga qo‘ygan vetosini bekor qildi
21:19 / 09.12.2024