Ukraina: Rossiya Odessa viloyatiga raketa zarbalari berdi
Rossiya Odessa viloyatiga raketa hujumi uyushtirdi, dedi Odessa viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Yuriy Kruk.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kuchlarining SU-35 qiruvchi samolyotlari dengizdan raketalarni uchirdi, raketalarning bir qismi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan yo‘q qilindi, «ammo zarba bo‘ldi, natijada fuqarolik uyi qisman zarar ko‘rdi».
Jarohat olganlar bor, biroq dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim halok bo‘lmagan, deya qo‘shimcha qildi Kruk.
Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti (ISW) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi hujumi eng yuqori darajaga chiqishi arafasida. So‘nggi haftalarda Rossiyaning Donbassdagi hujum operatsiyalari sur’ati sekinlashdi, bu Rossiya Qurolli kuchlarining bahorgi hujumi yaqin orada yakunlanishidan dalolat berishi mumkin, deydi tahlilchilar.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidagi vaziyatning navbatdagi sharhida ular Ukraina Qurolli kuchlari Sharqiy kuchlari guruhi spikeri Sergey Cherevatiyning Rossiya Donbassda kutilayotgan keng ko‘lamli hujum va Baxmutni taktik qo‘lga olishni yakunlash uchun yetarlicha kuch to‘play olmadi, deb hisoblagan bayonotiga e’tibor qaratilgan.
Agar 300 000 rossiyalik harbiy xizmatchilar hujumda hal qiluvchi ustunlikni ta’minlay olmasa, keyingi safarbarlik to‘lqinlari paytida qo‘shimcha kuchlarni jalb qilish tubdan boshqacha natijaga olib kelishi dargumon, deya ishonch bildirgan ISW ekspertlari.
Mavzuga oid
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024
«Men va Putin» - Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
16:51 / 09.12.2024