Jahon | 16:40 / 28.03.2023
5216
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Londondan Challenger 2 tanklari yetib kelganini tasdiqladi

Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov Buyuk Britaniya tomonidan Kiyevga topshirilgan birinchi Challenger 2 asosiy jangovar tanklarini «fantastik mashinalar» deb atadi. 

Foto: AP

Reznikov shunday tanklardan birida harakatlanib ko‘rgan. Vazirning Twitter’da qo‘shimcha qilishicha, texnikalar Ukrainaga «yaqinda yetib kelgan» va ulardan tez orada «jangovar vazifalarni» bajarishda foydalaniladi

Oleksiy Reznikov Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak, o‘zining britaniyalik hamkasbi Ben Uolles va ushbu mamlakat xalqiga minnatdorchilik bildirdi. 

Avvalroq Ukraina harbiy xizmatchilari Buyuk Britaniyada Challenger 2 tanklarini boshqarish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini yakunlab, Ukrainaga qaytishgandi

Yanvar oyida Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Kiyevga ushbu turdagi 14 ta harbiy mashinani topshirish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi, o‘sha oyda Ukraina harbiylari qirollikka mashg‘ulotlar uchun kelgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid