Yanvar oyida Buyuk Britaniya boş vaziri Rişi Sunak Kiyevga uşbu turdagi 14 ta harbiy maşinani topşiriş niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi, öşa oyda Ukraina harbiylari qirollikka maşğulotlar uçun kelgan.

Avvalroq Buyuk Britaniya mudofaa vaziri örinbosari Annabel Goldi mamlakat Ukrainaga boyitilmagan uranli öq-dorilarini topşirişini aytgandi.

«Ukrainani Challenger 2 asosiy jangovar tanklar eskadroni bilan ta’minlaş bilan bir qatorda, öq-dorilar, jumladan, tarkibida boyitilmagan uran bölgan zirhni teşuvçi snaryadlarni ham yetkazib beramiz. Bunday snaryadlar zamonaviy tanklar va zirhli transport vositalariga nisbatan yuqori samaradorlikka ega», dedi vazir örinbosari Ukrainaga yetkazilayotgan qurol tarkibida boyitilmagan uran bor yoki yöqligi haqidagi savolga javoban.

Öq-dorilarda boyitilmagan urandan foydalaniş uning yuqori massa ziçligi va portlovçi xususiyatlari bilan boğliq. Bunday snaryadlarning zirhni teşib ötiş xususiyati va halokatliligi yuqori, bu esa oxir-oqibat ularning samaradorligini belgilaydi.